ILOVA

Atlas telefonda

iOS va Android uchun Atlas ilovasi sayt bilan bir xil ishlaydi: havola bo‘yicha hisob, buyurtmalar, hujjatlar va bildirishnomalar — bitta akkauntda.

Hozirdanoq foydalaning

Ilova App Store va Google Play’da nashrga tayyorlanmoqda. Hozircha atlasmarket.uz sayti telefonda o‘rnatishsiz ishlaydi.

Ilova nimalarni qila oladi

Havola orqali import

Qo‘llab-quvvatlanadigan do‘kondan tovar havolasini qo‘ying — Atlas nom, narx, surat va variantlarni qo‘yadi. Siz bu ma’lumotlarni tekshirasiz, narxni esa Atlas do‘kon bilan solishtiradi.

So‘mda hisob

Tovar, Atlas komissiyasi, xalqaro yetkazish va bojxona to‘lovi hisobi — alohida satrlarda, ro‘yxatdan o‘tishdan oldin.

Buyurtmalar va holatlar

Buyurtma bosqichlari, narx va vazn o‘zgarishlari, kelishuvlar va buyurtma bo‘yicha savollar — kabinetda.

Hujjatlar

Deklaratsiya uchun pasport seriyasi, raqami va JSHSHIRni matn bilan kiritasiz — skan va surat kerak emas.

Bildirishnomalar

Yordam javoblari va buyurtma voqealari — bildirishnomalar bo‘limida. Push-bildirishnomalar hali yuborilmaydi.

Bitta akkaunt

Ilovaga kirish — saytdagi usullar bilan: Apple, Google, Telegram, telefon yoki pochta. Ilova ichida xaridlar va obunalar yo‘q; saytda va ilovada buyurtma to‘lovi ulanmagan — pul yechilmaydi.